Kassa, nasiya, ombor, moliya va hisobotlar — hammasi bitta tizimda. Quyidagi ekran suratlari KPOS'ning o'zidan olingan.
Kredit karta shart emas · Standart tarif — birinchi oy bepul

Ekran suratlari KPOS demo hisobidan olingan.
Kassadan hisobotgacha — kundalik ishning har bir bosqichi bitta tizimda.
Mijozlarga nasiyaga soting; qarzlar, to'lov muddatlari va qoldiqlar avtomatik kuzatiladi. Bozor sotuvchisi uchun eng muhim funksiya.
Shtrix-kod skaneri bilan bir necha soniyada checkout. Naqd, karta va nasiya to'lovlari qo'llab-quvvatlanadi.
Har bir sotuvda qoldiq avtomatik kamayadi. Tugab qolayotgan mahsulotlarni o'z vaqtida ko'ring.
Sotuv, daromad va mahsulot samaradorligini real vaqtda kuzating. Qaysi mahsulot ko'p daromad keltirayotganini biling.
Ta'minotchilarni yuriting, tovar qabulini ro'yxatga oling va omborni to'ldiring.
Xodimlar uchun alohida hisoblar oching, har biriga kerakli ruxsatlarni bering.
O'z saytingiz orqali soting — mahsulotlar va qoldiq do'kondagi bilan bitta bazada. Buyurtma to'g'ridan-to'g'ri kassaga tushadi.
Keshbek va bonus balansi. Mijoz qancha ko'p xarid qilsa, shuncha ko'p qaytadi — va yana keladi.

Tushum, cheklar soni, o'rtacha chek va marjinal foyda — kun, hafta yoki oy kesimida. Har bir raqamni Excel'ga chiqarish mumkin.
Bepul boshlash
Shtrix-kod bilan qidiring, savatga qo'shing, chegirma bering va naqd, karta yoki nasiyaga rasmiylashtiring. Klaviatura bilan to'liq boshqariladi.
Bepul boshlash
Har bir do'konga o'z sayti beriladi — mahsulot va qoldiq do'kondagi bilan bitta bazada. Mijoz buyurtma bersa, u to'g'ridan-to'g'ri shu ekranga tushadi: tasdiqlaysiz, tayyorlaysiz va kassadan o'tkazasiz.
Bepul boshlash
Kimga qancha berilgan, muddati qachon tugaydi, kim kechiktirdi — hammasi bitta ro'yxatda. Bozor savdosining eng og'riqli joyi yopiladi.
Bepul boshlash
Tugab qolayotgan va tugagan mahsulotlar alohida ajratiladi. Inventarizatsiya bilan haqiqiy qoldiqni sanab, farqni avtomatik tuzatasiz.
Bepul boshlashHech qanday mockup emas — tizimning haqiqiy interfeysi.

KPOS bilan do'kon boshqaruvi shunday ko'rinadi.
Kichik do'kondan ko'p filialli tarmoqqacha — birga o'samiz.
Yangi va o'sib borayotgan do'konlar uchun
Ilk oy bepul
Standartni tanlashKo'p filialli tarmoqlar uchun
Yirik ko'p filialli tarmoqlar uchun
Yillik to'lovda −20% chegirma · Bepul o'rnatish va sozlash · Istalgan vaqtda bekor qilish
Yozing yoki qo'ng'iroq qiling — sozlashda bepul yordam beramiz.
Ha. Standart tarifning birinchi oyi bepul — kredit karta talab qilinmaydi. Yoqmasa, istalgan vaqtda bekor qilasiz.
Bir necha daqiqada ro'yxatdan o'ting va birinchi sotuvingizni amalga oshiring.